Qon nima uchun quyuqlashadi?

Qon nima uchun quyuqlashadi? Qon quyuqlashishi zararlimi? Ushbu savolga shifokor-valeolog Baxtiniso Azimboyeva javob berdi.

— Qon quyuqlashishiga asosiy sabab kamharakatlilik, notoʻgʻri ovqatlanish asosiy omildir.

Inson bir kunda oʻrtacha 30 ml. suv (har 1 kg uchun ) isteʼmol qilishi kerak. Qaynatilmagan, minerallarga boy, ishqoriy muhitga ega boʻlgan, sirt tarangligi yupqa boʻlgan suvgina qonni ishqoriy muhitga aylantirib bera oladi.

Ishqoriy muhitga ega boʻlmagan qonning kislota muhiti oshib ketadi va natijada, qon quyuqlashadi.

Suv oʻrniga boshqa turdagi suyuqliklar ichilsa, tanadagi kislota muhiti oshirilgani uchun qonda eritrotsitlar zaryadlari (+) oshib ketadi va ularning bir-biriga yopishqoqligi ortadi.

Jigarda qon quyuqlashib ketishi oldini oladigan faktorlar bor. Jigar yaxshi ishlamasa, qon quyuqlashadi.

Yogʻli ovqatlarni koʻp isteʼmol qilamiz. Ovqat tarkibidagi yogʻ tanaga kirgach, parchalanmasa, qonga oʻtib ketadi va lipidlar yetishmovchiligiga olib keladi, eritrotsitlarning qobigʻidagi membranalar yopishqoqligini kuchaytirib yuboradi. Bu ham qonni quyuqlashtiradi.

Ayni vaqtda koʻpchilik qoni quyuqlashganidan shikoyat qilyapti. Yuqorida keltirilgan omillarni bartaraf etish kerak va shundan keyingina organizm oʻzi qonni normallashtiradi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *